1

ShHT sammiti yuzasidan mamlakatimiz va xorijiy OAV vakillari uchun brifing tashkil etildi

Jamiyat 21.06.2016, 11:41
Teglar: O`zbekiston
ShHT sammiti yuzasidan mamlakatimiz va xorijiy OAV vakillari uchun brifing tashkil etildi

Toshkentda shu yilning 23-24 iyun kunlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisi bo`lib o`tadi. Shu munosabat bilan ShHT sammitining poytaxtimizdagi xalqaro matbuot markazida O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing tashkil etildi. 

ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisida Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboev, Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etishi rasman tasdiqlangani ta`kidlandi. 

Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G`ani, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Mo`g`uliston Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Zarif kuzatuvchi davlatlar, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov raislik qiluvchi mamlakat mehmoni sifatida ishtirok etadi. 

Majlisda ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo`mitasi direktori Evgeniy Sisoev ham qatnashadi. 

ShHT sammitida xalqaro hamkor tashkilotlar rahbarlari – Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o`rinbosari Jefri Feltman, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Ijroiya qo`mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Bosh kotibi Nikolay Bordyuja, ASEAN Bosh kotibi Le Liong Min, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengashning ijrochi direktori Gun Szyanvey ham ishtirok etadi. 

O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o`rinbosari A.Nosirovning ma`lum qilishicha, tadbirda ishtirok etish uchun Toshkentga ShHTga a`zo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, chet el ommaviy axborot vositalarining qariyb 1000 vakili tashrif buyuradi. 

Bo`lajak ShHT sammiti davlat rahbarlarining yubiley majlisi bo`lib, Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil topganining 15 yilligiga bag`ishlanadi. 

Davlat rahbarlari majlis kun tartibiga muvofiq, ShHT doirasida serqirra va o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama etadi, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashadi. 

Davlat rahbarlari uchrashuvi yakunida asosiy hujjat – ShHT o`n besh yilligining Toshkent deklarasiyasi qabul qilinadi. Unda tashkilotning so`nggi o`n besh yillik faoliyati, a`zo davlatlarning ShHTni rivojlantirish istiqbollariga nisbatan kelishilgan yondashuvlari, shuningdek, joriy xalqaro hamda mintaqaviy vaziyat bo`yicha pozisiya o`rin oladi. 

Davlat rahbarlari 2025 yilgacha ShHTni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishga doir 2016-2020 yillarga mo`ljallangan harakat rejasi va ShHTni rivojlantirish, unga a`zo davlatlar o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi. 

ShHTning bo`lajak sammiti O`zbekistonning tashkilotga raisligining so`nggi tadbiridir. O`zbekiston raisligida ShHT faoliyatini yanada takomillashtirish, tashkilot doirasida siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot va gumanitar aloqalar sohalarida o`zaro hamkorlikni chuqurlashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Davlat rahbarlari kengashining bo`lajak majlisi kun tartibini mazmunan boyitishga alohida e`tibor qaratildi. 

ShHT sammiti arafasida Toshkentda tashkilotga a`zo davlatlarning turli vazirlik va idoralar rahbarlarining qator uchrashuvlari o`tkaziladi. ShHTga a`zo davlatlar madaniyat vazirlarining 21-22 iyun kunlari bo`lib o`tadigan navbatdagi yig`ilishida madaniyat va san`at sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama etish rejalashtirilgan.

22-23 iyun kunlari ShHT Ishbilarmonlar kengashi boshqaruvi va Banklararo birlashma kengashining ham majlislari o`tkaziladi. Ularning doirasida tashkilotga a`zo va kuzatuvchi davlatlarning ishbilarmon hamda moliyaviy doiralar vakillarining savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik sohasida ishtirokini faollashtirish haqida fikr almashish mo`ljallanmoqda. 

ShHT sammiti hujjatlari bo`yicha yakuniy kelishish maqsadida 20-22 iyun kunlari ShHTga a`zo davlatlar milliy koordinatorlari kengashining yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Ozarbayjon va O`zbekiston Prezidentlari Ichan qal`ani aylanishdi (foto)

22.06.2022, 15:14

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Xiva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Kecha bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida davlatimiz...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1