AsosiyJamiyat

Samarqandda kadastr xodimlari pora bilan ushlandi

'Samarqandda kadastr xodimlari pora bilan ushlandi'ning rasmi

Nurobod tumanida kadastr filiali xodimlarining firibgarligi fosh bo`ldi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Ma`lum qilinishicha, Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Kadastr agentligining Nurobod tumani filiali kadastr muhandislari A.B. va X.F.lar fuqaro U.ga qarashli tomorqa er maydonining 6 sotixida bino va inshoot mavjudligi haqida boshqa bir fuqaro X.ning nomiga kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 2 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar