Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning 1 aprel holatiga respublikamizda 203,7 ming tug`ilish qayd etilgan.
O`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 13,4 % ga oshgan.
O`zbekistonda 2021 yilda qayd etilgan tug`ilishlar soni 1991 yilda qayd etilgan tug`ilishlar bilan solishtirilganda 25,1 % ga oshgan.
Eslatib o`tamiz, 2022 yilning 1 aprel holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35,4 mln. kishini tashkil etmoqda. Shundan ayollar soni – 17 607 934 kishini, erkaklar soni – 17 825 838 kishini tashkil etmoqda.






