AsosiyJamiyat

Viloyat, tuman va shahar hokimlari oldiga “qoniqarsiz” baholangan mahallalarga shaxsan borish vazifasi qo`yildi

'Viloyat, tuman va shahar hokimlari oldiga “qoniqarsiz” baholangan mahallalarga shaxsan borish vazifasi qo`yildi'ning rasmi

Avvalroq Prezident raisligida mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini ta`minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig`ilishi boshlanganini ma`lum qilgandik.

Yig`ilishda davlat rahbari viloyat, tuman va shahar hokimlari oldiga “qoniqarsiz” deb baholangan 3 ming 636 nafar mahallaga shaxsan borish va muammolarni hal qilish vazifasi qo`ydi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligiga viloyat hokimlari bilan birgalikda ushbu mahallalar kesimida muammolarni hal qilish bo`yicha “yo`l xaritalari”ni ishlab chiqish topshirildi.

 Bunda, yil yakuniga qadar:  

- 434 ta mahallada sug`orish tizimi va suv ta`minotini yaxshilash;

- 715 ta mahallada suv, yo`l, elektr, tabiiy gazdan muammosini hal qilish;

- iqtisodiy ahvoli og`ir 545 ta mahalladan har 5 tasiga bank vakilini biriktirib, “lider” tadbirkorlarni topish shartligi ko`rsatib o`tildi.

Ta`kidlanishicha, Moliya vazirligi ushbu mahallalarda infratuzilmani yaxshilash va tadbirkorlik kreditlari uchun 800 milliard so`m ajratadi.

O`zbekiston rahbari mutasaddilarga topshiriq berarkan, bu pullar bilan aniq natija ko`rsatilishi kerakligini aytdi.

“Qanchalik qiyin bo`lmasin, ushbu mahallalarda ishlarning yurishi uchun qo`shimcha mablag`larni ajratayapmiz. Viloyat, tuman va shahar hokimlari, biriktirilgan vakillar va hokim yordamchilari ushbu mablag`larning har bir so`midan samarali foydalanib, aniq natija ko`rsatishi kerak”,- deydi Prezident.

    Boshqa yangiliklar