AsosiyJamiyat

"O`sha kuni qulupnaylar xodimlar tomonidan to`kib tashlanmagan”

'"O`sha kuni qulupnaylar xodimlar tomonidan to`kib tashlanmagan”'ning rasmi

Shov-shuv bo`lgan voqea bo`yicha IIV ma`lumot berdi.

Avvalroq Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida yo`l bo`yida qulupnay savdosi bilan shug`ullanayotgan fuqarolar va ichki ishlar organlari xodimlari o`rtasidagi janjal yuzaga kelgani haqida xabar bergandik.

Holat yuzasidan IIV matbuot kotibi Shoxruh G`iyosov munosabat bildirib, voqea joyida qasddan ichki ishlar organlari xodimlarning qonuniy talablarini bajarmaslik, ularga qarshilik ko`rsatish kabi chaqiriqlar qilgan fuqarolar ham aniqlanganini aytgandi.

Mazkur hodisa yuzasidan IIV batafsil ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, o`sha kuni qulupnaylar xodimlar tomonidan to`kib tashlanmagan.

Ma`lum bo`lishicha, Ichki ishlar xodimlari Toshkent- Bo`stonliq yo`lining qatnov qismiga chiqib, qulupnay sotayotganlarga bir necha bor ogohlantirish bergan. Ammo ular Ichki ishlar xodimlarining talabiga bo`ysunmaydi.

"2 nafar fuqaroning oldiga borganimizda ogohlantirishimizga qaramay savdo-sotiqni to`xtatishmadi. Tarozini mashinaga olib qo`yayotganimizda sotuvchilardan biri avtomashinamizga yopishib, kalitni olib qo`ydi",-deydi Yuqori Chirchiq IIB xodimi.

Shu orada vaziyatdan bexabar bo`lgan boshqa sotuvchilar jarayonga aralashib, holatni video tasvirga olgan.

O`sha kuni Ichki ishlar organlari xodimlarining talablariga bo`ysunmagan va ularning xizmat vazifasiga qarshilik ko`rsatgan boshqa fuqarolar ham Ichki ishlarga olib kelingan va tushuntirish ishlari olib borilgan.

"O`sha kuni trassa bo`yida sotganman. O`zim uchun xulosa chiqardim",-deydi  sotuvchilardan biri.

"Yo`lning qatnov qismida savdo qilish to`g`ri emasdi. IIB xodimlari bizga to`g`ri tushuntirish berishdi. Endi qatnov qismida savdo qilmaymiz",-deydi uning qaynonasi.

Alohida ta`kidlanishicha, videolarda aks etgan sochilib yotgan qulupnaylar IIB xodimlari tomonidan emas, balki sotuvchilarning ehtiyotsizligi sabab erga to`kilgan.

    Boshqa yangiliklar