Farg`onada oilaviy janjal tufayli erkak xotinini bolta bilan chopdi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berid.
Ma`lum bo`zlishicha, kecha, 19 aprel kuni soat 08:00 larda 1977 yilda tug`ilgan fuqaro X.D. turmush o`rtog`i bilan yashash xonadonida uy ishlarini o`z vaqtida qilish masalasida o`zaro janjallashib, xo`jalik boltasi bilan bosh va bo`yin sohasiga bir necha marotaba urib, uni qasddan o`ldirgan.
Qayd etilishicha, oilaning 4 nafar farzandi bor, erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro`yxatda olingan.
Mudhish voqedjan so`ng X.D. Qo`qon shahar ruhiy kasalliklar shifoxonasiga borib, shifokorlarga sodir etgan jinoyati haqida aytib bergan.
Mazkur holat yuzasidan Uchko`prik tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro X.D. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Gumonlanuvchi prosessual tartibida ushlandi.






