Bugun, 20 aprel kuni kuzatilgan kuchli yog`ingarchiliklar oqibatida Jizzax viloyatining Baxmal, Forish, G`allaorol va Sh.Rashidov tumanlarida sel oqimlari yuzaga keldi. Bu haqda FFV xabar bermoqda.
Natijada ayrim aholi yashash joylari, ijtimoiy soha obektlari, ekin maydonlari sel oqimlaridan zararlandi.
Ayni paytda Baxmal tumanining Nurafshon MFY, Gulobod qishlog`i, G`allaorol tumanining Moltob QFY Moltob qishlog`i, Sh.Rashidov tumani Kuyovboshi MFY hamda Forish tumani Egizbuloq MFYlarida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ham favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) organlari kuch va vositalari tomonidan yog`ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari ko`rilmoqda.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bo`lganlar yo`q.






