AsosiyJinoyat

Yangiariqda fuqaroga tergov va sud jarayonida engillik qilib bermoqchi bo`lgan firibgar qo`lga olindi

'Yangiariqda fuqaroga tergov va sud jarayonida engillik qilib bermoqchi bo`lgan firibgar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tuman bo`limi tomonidan viloyat DXX va IIV shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Xorazm viloyati bo`yicha bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro A.A. boshqa bir fuqaro S.ning ishonchiga kirib, unga IIB tergov tizimida ishlovchi tanishlari yordamida tergov hibsxonasida saqlanayotgan turmush o`rtog`i A.ga tergov va sud jarayonida engillik qilib berishi evaziga olgan 2 900 AQSh dollaridan 2 000 AQSh dollarini qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar