AsosiyJamiyat

Temir yo`l vagonlarida harbiy texnikalar olib o`tilgani bo`yicha tarqalgan xabarlarga Mudofaa vazirligi rasmiy izoh berdi

'Temir yo`l vagonlarida harbiy texnikalar olib o`tilgani bo`yicha tarqalgan xabarlarga Mudofaa vazirligi rasmiy izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent aeroport yonidagi temir yo`ldan vagon harbiy texnikalar olib o`tilgani, bu harbiy texnikalar qaerga nima uchun olib ketilgani bizga qorong`u, degan ma`lumotlar tarqalgan. Ushbu xabarga Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti quyidagi ma`lumotlarni taqdim etdi. 

Shu munosabat bilan ma`lum qilamizki, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq har yili ta`mirlash zavodlari negizida kapital va o`rta ta`mirdan chiqarilgan harbiy texnikalarni qo`shinlarda rejaviy almashtirish ishlari amalga oshirilib boriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aynan shu jarayonlar, ya`ni ta`minot va shaxsiy tarkibni tashish uchun mo`ljallangan texnikalarning qo`shinlariga yuborilishi aks etgan.

    Boshqa yangiliklar