O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi respublika bozorlaridagi O`zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo`jaligi mahsulotlarining 2022 yil 21- aprel holatidagi narxlari haqida darakchi.uzga ma`lumot berdi.
O`rganishlarga ko`ra, bozorlarda mol go`shti 45 000 so`mdan – 85 000 so`mgacha sotilmoqda.
Eng arzon narx Qoraqalpog`iston Respublikasi markaziy dehqon bozori va Toshkent shahridagi markaziy bozorlarda kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg. mol go`shtining narxi 45 000 so`mdan – 49 000 so`mgacha sotilmoqda.
Bir kilogramm mol go`shti uchun eng qimmat narx Qashqadaryo viloyati, Samarqand viloyati,Toshkent viloyati markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. mol go`shti – 75 000 dan 85 000 so`mgacha
Qo`y go`shti 40 000 so`mdan – 86990 so`mgacha
Eng arzon narx 1 kg. qo`y go`shti uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro viloyati, Jizzax viloyati markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu erda siz 1 kg qo`y go`shtini 40 000 dan 45 000 so`mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx bu haftada Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qo`y go`shti – 86990 so`mdan 80 000 so`mgacha.
Tovuq go`shti 10 000 so`mdan – 38 000 so`mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog`iston markaziy dehqon bozori hamda Xorazm Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 10 000 so`mdan – 15 000 so`mgacha.
Eng qimmat narxdagi tovuq go`shti esa Toshket shahar Markaziy dehqon bozori, hamda Samarqand viloyati Markaziy dehqon bozorlarida kuzatildi – 30000 – 38000 so`m.
Guruch 3 000 so`mdan – 17 000 so`mgacha
Eng arzon narx Qorqalpog`iston dehqon bozori va Xorazm viloyati, Jizzax viloyati Markaziy bozorlarida qayd etilgan – 3000 – 6 000 so`m.
Eng qimmat narx Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati, Navoiy viloyati markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 16 000 – 17 000 so`m.
O`simlik yog`i 16 000 so`mdan – 25 500 so`mgacha
Eng arzon o`simlik yog`i Farg`ona viloyati, Xorazm viloyati, Buxoro viloyati markaziy bozorlarida kuzatildi. Bu erda siz o`simlik yog`ini 16 000 so`mdan – 17 000 so`mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx Toshkent viloyati Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 23 000 dan 25 500 so`mgacha.
Un (Mahalliy oliy navli un) 2800 so`mdan – 11 000 so`mgacha
Eng arzon narxdagi mahalliy oliy navli un Qoraqalpog`iston Respublikasi,Andijon viloyati,Farg`ona viloyati Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Bu erda siz 1 kilogramm mahalliy oliy navli un uchun 2 600 so`mdan-3000so`mgacha to`lashingiz zarur bo`ladi.
Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un Toshkent viloyati Markaziy bozorida qayd etildi – 11000 so`m.
Mahalliy 1-navli un 1500-9000 so`mgacha
1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Qoraqalpog`iston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyati dehqon bozorlarida qayd etildi — bu summa 2600-2800 so`mni tashkil qilmoqda.
1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Toshkent viloyati Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 9000 so`mgacha.
Shakar 8000 so`mdan – 13 500 so`mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog`iston Respublikasi va Jizzax viloyati Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 8000 – 8500so`m.
1 kg shakar uchun eng qimmat narx Surxondaryo viloyatida kuzatilib,13 500 so`mgacha ko`tarilgan.
Tuxum 600 so`mdan – 1500so`mgacha
Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxum uchun eng arzon narx Andijon viloyati, Namangan viloyati, Xorazm viloyati markaziy dehqon bozorlarida kuzatildi 600 - 700 so`mdan xarid qilishingiz mumkin.
1 dona tuxum uchun eng qimmat narx poytaxtimizning dehqon bozorlarida qayd etildi — 1500 so`m.
Kartoshka 2500 so`mdan – 15 000 so`mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog`iston Respublikasi markaziy dehqon bozori, Jizzax viloyati dehqon bozori, Toshkent viloyati markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 2500-2800 so`mdan sotilmoqda.
1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Toshket shahri dehqon bozorida kuzatildi –15000so`mgacha ko`tarilgan.
Pomidor 10000 so`mdan – 26950 so`mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog`iston Respublikasi, Jizzax viloyati, Xorazm viloyati markaziy dehqon bozorida kuzatildi -10000so`mdan – 12000 so`mgacha.
Eng qimmat narx esa Toshkent viloyati va Toshkent shahri dehqon bozorlarida qayd etildi – 26000-26950 so`mgacha sotilmoqda.
Piyoz 1000-7000so`mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog`iston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlari Markaziy dehqon bozorida kuzatildi -1000-1500so`mgacha.
Eng qimmat narx 1 kg piyoz uchun Navoiy viloyati dehqon bozorida qayd etildi –7000so`mgacha sotilmoqda.
Bodring 4000-30000 so`mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog`iston Respublikasi va Farg`ona viloyati Markaziy bozorlarida kuzatildi- 1 kg bodring 4000 so`mdan.
Eng qimmat narx-Toshkent shahri Markaziy bozorlarida bo`lib-30000 so`mgacha bo`lgan.