Firibgar Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo`limi hamda IIV ShXBB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda qo`lga tushgan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
U fuqaro A.K. boshqa bir fuqaro M.ni qadimiy tilla tangalarni o`tkazish orqali daromad orttirishga qiziqtirib, tilla rang ko`rinishidagi 20 dona tangalarni “Nikolay-5” tilla tangasi deb har birini 300 AQSh dollaridan hisoblab, jami 6 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






