AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi ayollar janjaliga hokimlik rasmiy munosabat bildirdi

'Qashqadaryodagi ayollar janjaliga hokimlik rasmiy munosabat bildirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida ayollar quduqdan ichimlik suvi olish uchun talashib janjallashgani aks etgan video tarqaldi. Tuman hokimligi voqeaga munosabat bildirdi.

Mazkur holat 2022 yilning 19 aprel kuni tuman hokimi o`rinbosari Sherdil Ergashev hamda «Qashqadaryo suv ta`minoti» mas`uliyati cheklangan jamiyatining tuman bo`limi boshlig`i Suyun Allanazarovlar ishtirokida o`rganilgan.

Ta`kidlanishicha, mahalla hududidagi buloq qish va bahor faslining o`z vaqtida yog`ingarchiliklarsiz kelgani hisobiga qurib qolmoqda. To`g`rirog`i, suv chiqishi ancha kamaygan.

Hokimlik bayonotida, shuningdek, mazkur muammo mas`ullar, shaxsan tuman hokimi nazoratiga olingani, aholining suvsizlik masalasidagi har bir murojaati o`z vaqtida o`rganilgani aytilgan. Hatto o`tgan mavsumda suv tashuvchi maxsus avtomobillar orqali aholiga toza ichimlik suvi etkazib berilgani qo`shimcha qilingan.

Tuman hokimi o`rinbosari hamda «Qashqadaryo suv ta`minoti» MChJ tuman bo`limi boshlig`i aholiga 2022 yil yakuniga qadar Oqsuv suvi tortib kelinishini, Doqqi—Boyqo`rg`on suv quvuri ta`mirlanishini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar