AsosiyJamiyat

Toshkentda 42 yoshli erkak o`zini 9-qavatdan tashlagani ma`lum bo`ldi

'Toshkentda 42 yoshli erkak o`zini 9-qavatdan tashlagani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

 

Bugun, 21 aprel kuni soat 11:50 larda Yunusobod tumanida joylashgan Xalqaro hamkorlik markazi binosining 9-qavatidagi chekish uchun mo`ljallangan ochiq qismidan 42 yoshli erkak o`zini pastga tashlab, o`z joniga qasd qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Hozirda holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Codir etilgan hodisaning aniq sabablarini aniqlash, ish uchun ahamiyatli bo`lgan iz, dalil va boshqa muhim buyumlar inson ta`siri oqibatida yo`qolishi yoki shikast etkazilishini oldini olish maqsadida, jinoyat prosessual qonunchiligiga rioya qilgan holda voqea joyi atrofi belgilangan tartibda o`rab olingan hamda Toshkent shahar prokuraturasi tergov xodimlari tomonidan ko`zdan kechirilgan.

    Boshqa yangiliklar