Shu yilning 18-23 aprel kunlari yurtimizda ikkinchi kitobxonlik haftaligi bo`lib o`tayotganidan xabaringiz bor.
21 aprel kuni poytaxtimizning. Magic city parkida turli nashriyotlar tomonidan tashkil etilgan mehnat yarmarkasi bo`lib o`tdi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar berdi.
Nashriyotlarga lisenziya berish tartibi bekor qilinib noshirlikni boshlaganlik haqida xabardor qilish tizimiga o`tilgandan beri nashriyotlar soni yuzdan oshdi. Bu esa noshirlarga bo`lgan ehtiyoj sezilarli darajada ekanini ko`rsatib qo`ydi.
Tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 30 ga yaqin nashriyotlar qirqdan ziyod bo`sh ish o`rinlarini taklif etdi. Yarmarkaga tashrif buyurganlarning asosiy qismi oliy o`quv yurtlari talabalari ekanini hisobga olsak, shuncha talaba uchun ish topish imkoni yaratildi.






