Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tuman bo`lim tomonidan DXXning Ohangaron shahar bo`limi bilan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.K. va F.Z.lar fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali 3 000 AQSh dollari evaziga “Olmaliq tog`-kon metallurgiya kombinati” AJga ishga kiritib qo`yishni va`da qilib, shundan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






