AsosiyDunyo

BMT bosh kotibi Moskvada Putin bilan uchrashuv o`tkazadi

'BMT bosh kotibi Moskvada Putin bilan uchrashuv o`tkazadi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26 aprel kuni Moskvaga tashrif buyuradigan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni qabul qiladi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma`lum qildi.

“26-aprel, seshanba kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar o`tkazish uchun Moskvaga keladi. Uni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham qabul qiladi”, — deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, BMT bosh kotibining uchrashuvi asosan Ukraina bilan bog`liq vaziyat yuzasidan bo`lib o`tadi. 

    Boshqa yangiliklar