AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda Suriyaga ketmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

'Qashqadaryoda Suriyaga ketmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Kitob tumanida yashovchi fuqaroning Suriyaga ketishining oldi olindi. Bu haqda "darakchi.uz"ga DXX matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xususan, 1998 y.t. “Q.T.” 2020-2021 yillar davomida Rossiya Federasiyasida ishlashi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi a`zolari ta`siriga tushib qolib, ularni qo`llab-quvvatlagan.

Jumladan, u “Tik-Tok”, “Likee”, “Instagram” ijtimoiy tarmoqlarida shaxsiy profillar ochib, unga xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning g`oyaviy rahnamolari bo`lgan “Abu-Saloh”, “Abdulloh Zufar”, “Abdulloh Buxoriy”, “Sodiq Samarqandiy” va boshqalarning “jihod”, “hijrat” hamda “shahid”likka chorlovchi ma`ruzalarini joylashtirib, targ`ibot ishlarini olib borgan.

Shuningdek, 2021 yilning dekabr oyida RFdan doimiy yashash manziliga qaytib kelganidan so`ng, hamqishloqlari orasida ham oqim g`oyalarini faol targ`ib qilgan.

Bundan tashqari, “Q.T.” Suriyadagi jangarilar bilan aloqa o`rnatib, ularning yo`l-yo`riqlari hamda ko`rsatmalari asosida Rossiya va Turkiya orqali ularning safiga borib qo`shilishini rejalashtirgan.

Ekspertiza xulosasiga ko`ra, “Q.T.” tomonidan tarqatib kelingan diniy mazmundagi materiallar aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan bo`lib, ularni O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tarqatish va saqlash taqiqlanadi.

Hozirda “Q.T.”ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar