AsosiyJamiyat

Samarqandda MChJ rahbari soxta hujjatlar orqali 1,5 mlrd so`mni o`zlashtirdi

'Samarqandda MChJ rahbari soxta hujjatlar orqali 1,5 mlrd so`mni o`zlashtirdi'ning rasmi

Toyloq tumanida 1,5 mlrd so`m kredit mablag`ini o`zlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Toyloq tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.i.” MChJ rahbari Sh.P. korxonaga qarashli omborxona va savdo do`konlari bo`lmasa-da, soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali boshqa bir tadbirkorga tegishi ekskavatorni garov sifatida qo`yib, bank filialidan aylanma mablag`larni to`ldirish uchun 1,5 mlrd so`m kredit ajratilishiga erishib, kredit mablag`idan maqsadsiz foydalanib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar