“Ijtimoiy sheriklik hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi
Qarorga ko`ra, 2022 yil 1 dekabrgacha e-ngo.uz elektron portalida ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning quyidagi mexanizmlari joriy etiladi:
🔹NNTlar tomonidan dasturlar ishlab chiqishda qatnashish, ularning ijrosini monitoring qilish, monitoring natijasi bo`yicha ko`rib chiqilishi majburiy bo`lgan hujjatni, qonunchilik hujjatlari loyihalariga oid takliflarni mas`ul davlat organlariga kiritish;
🔹NNTlarning dasturlar yuzasidan bergan takliflarini ko`rib chiqish natijalarini elektron portalga joylashtirish;
🔹NNTlarning jamoatchilik nazorati yakunlari bo`yicha tayyorlagan hujjatlarini davlat organlariga yuborish va ularni ko`rib chiqish natijalarini e`lon qilish.
2023 yil 1 yanvardan quyidagilar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron portalga majburiy joylashtiriladi:
▫️ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarning loyihalari;
▫️loyihalarni amalga oshirish uchun NNTlarga davlat ijtimoiy buyurtmasini berishga oid e`lonlar;
▫️kelgusi yil uchun jamoat fondlariga yuboriladigan buyurtmanomalar;
▫️davlat ijtimoiy buyurtmasi natijalari, mablag`larning sarflanish holati.
Ma`lumot uchun: Mazkur elektron portal Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga onlayn xizmat ko`rsatish maqsadida ishlab chiqilgan.






