AsosiyJamiyat

"Guanjou" klinikasining Toshkent va viloyatlardagi filiallarida tekshiruv o`tkazilib jinoyat ishi qo`zg`atildi

'"Guanjou" klinikasining Toshkent va viloyatlardagi filiallarida tekshiruv o`tkazilib jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Guandjo klinikasining sirini fosh qilishibdi” deb nomlangan video tarqalmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB izoh berdi.

«GUANGZHOU MEDICAL of CHINA» MChJ mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi «b» bandi (“Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o`tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o`tkazish, shuningdek dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi doirasida mazkur klinikaning Toshkent shahridagi va boshqa viloyatlardagi filiallarida tekshiruv o`tkazilgan. Hozirda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar