2021 yilning 3 dekabr kuni, D.D ismli ayol Rishton IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma`lum shaxs tegishli bank tomonidan rasmiylashtirilgan plastik kartasiga “Clisk” mobil ilovasi orqali ulanib olib, plastik kartasining hisobidan jami 810.000 so`m pullarini yashirin ravishda o`g`irlab echib olganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.E sodir etganligi aniqlanib, tergov haorakatlari davom etmoqda.
Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






