AsosiyJinoyat

Samarqandda 6 gektar erni 170.000 AQSh dollarga sotmoqchi bo`lgan fermer qo`lga tushdi

'Samarqandda  6 gektar erni 170.000 AQSh dollarga sotmoqchi bo`lgan  fermer qo`lga tushdi'ning rasmi

Samarqandda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan er sotish bilan bog`liq yana bir jinoiy faoliyat fosh etildi, deya xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati.

Ta`kidlanishicha fuqaro S. 2022 yil aprel oyining o`rtalarida K.Z. ismli shaxs bilan tanishib qoladi. K.Z Pastdarg`om tumani “Nayman” mahallasi hududida joylashgan o`zi rahbarlik qilib kelayotgan fermer xo`jaligiga tegishli bo`lgan 6 gektar er maydonini unga 170.000 AQSh dollari evaziga sotishini bildirgan. Erni uning nomiga rasmiylashtirish uchun tuman hokimligidagi tanishlariga yana 20.000 AQSh dollari  berishini aytadi.

Fuqaro Sning arizasiga asosan, 23 aprel kuni soat 13:10 larda Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi Er resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo`linmasi, DXX viloyati boshqarmasi va viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, K.Z. ariza muallifidan 20.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar