1

Afg`oniston Prezidenti Toshkentga etib keldi

Jamiyat 23.06.2016, 15:06
Afg`oniston Prezidenti Toshkentga etib keldi

Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G`ani Ahmadzay Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Toshkentda o`tadigan navbatdagi majlisida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun 23 iyun kuni O`zbekistonga tashrif buyurdi. 
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev kutib oldi. 
ShHT sammiti O`zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o`tadi. Unda ShHT faoliyatini me`yoriy-huquqiy jihatdan mustahkamlash, tashkilotga a`zo davlatlar o`rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik bilan bog`liq va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1