1

Prezident Islom Karimov Imomali Rahmon bilan uchrashdi

Jamiyat 23.06.2016, 16:51
Prezident Islom Karimov Imomali Rahmon bilan uchrashdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 23 iyun kuni Ko`ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuv o`tkazdi. 

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuvda o`zbek va tojik xalqlarini azaliy do`stlik va qo`shnichilik rishtalari, madaniyat va an`analar uyg`unligi bog`lab turishi ta`kidlandi. 

Bugungi kunda O`zbekiston bilan Tojikiston o`rtasidagi hamkorlik ko`plab sohalarda izchil rivojlanib, o`zaro savdo aylanmasi muttasil o`sib bormoqda. 2016 yilning dastlabki to`rt oyida o`zaro tovar ayirboshlash hajmi 17,6 foiz oshdi. 

Uchrashuvda mamlakatlarimizda hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko`pligi, ularni ishga solish ikki tomon uchun ham manfaatli ekani ta`kidlandi. Savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari ko`rib chiqildi. 

Imomali Rahmon Tojikiston O`zbekiston bilan hamkorlikni yuksak qadrlashini, ushbu uchrashuv o`zaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyat bo`lganini ta`kidladi. Mazmunli uchrashuv uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildirdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1