1

Islom Karimov: “O`zbekiston Hindistonning ShHTga a`zo davlat bo`lishga intilishini qo`llab-quvvatlaydi”

Jamiyat 24.06.2016, 12:22
Islom Karimov: “O`zbekiston Hindistonning ShHTga a`zo davlat bo`lishga intilishini qo`llab-quvvatlaydi”

O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov 23 iyun kuni Ko`ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurgan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda O`zA xabar qildi.

Islom Karimov Hindiston Respublikasi bosh vaziri Narendra Modi bilan suhbatda ushbu uchrashuv oliy darajadagi siyosiy muloqotlarning mantiqiy davomi, erishilgan kelishuvlar ijrosini muhokama qilish va hamkorlikning istiqbollarini belgilab olish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta`kidladi.

O`zbekiston Hindiston bilan aloqalarga alohida ahamiyat qaratadi. Mamlakatlarimiz o`rtasidagi savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. Keyingi besh yilda o`zaro tovar ayirboshlash 2 barobar o`sgan. 2015 yilda bu ko`rsatkich qariyb 320 million dollarni tashkil etgan. Mamlakatimizda Hindiston kapitali ishtirokida tuzilgan 100 dan ziyod korxona, ushbu mamlakatning 15 firma va kompaniyasi vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda.

Prezident O`zbekiston Hindistonning ShHTga a`zo davlat bo`lishga intilishini qo`llab-quvvatlashini, bu tashkilotning nufuzini yanada oshirishi hamda mintaqa xalqlari tinchligi va farovonligiga xizmat qilishini qayd etdi.

Narendra Modi samimiy uchrashuv uchun Prezident Islom Karimovga minnatdorlik bildirib, Hindiston O`zbekiston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta`kidladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1