O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov 24 iyun kuni Ko`ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun O`zbekistonga tashrif buyurgan Qirg`iziston prezidenti Almazbek Atambaev bilan uchrashuv o`tkazdi.
Suhbat chog`ida ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalariga e`tibor qaratildi.
Almazbek Atambaev samimiy uchrashuv uchun Islom Karimovga minnatdorlik bildirib, ShHT sammiti o`rnak oladigan darajada yuqori saviyada tashkil etilganini alohida ta`kidladi.
Bundan tashqari, Almazbek Atambaev Qirg`iziston O`zbekiston bilan yaxshi qo`shnichilik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga intilishini qayd etdi.





