Iraklion shahri mezbonlik qilayotgan og`ir atletika bo`yicha yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatini hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli boshlashdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Sportchilarimiz orasida birinchi bo`lib kurashga qo`shilgan Jamila Panfilova ikkita medal bilan musobaqani yakunladi.
Toshkent viloyati vakilasi -55 kg vazn toifasida dast ko`tarish mashqida 86 kg natija qayd etib, bronza medalini qo`lga kiritgan edi. Ahamiyatlisi, bu Panfilovaga ikki kurashdagi medallar uchun bahsda katta zaxira bo`ldi. Siltab ko`tarish mashqida 100 kg toshni bo`ysundirgan hamyurtimiz ushbu yo`nalishda oltinchi natijani qayd etgan bo`lsa ham, ikki kurashda bronza medalini o`ziniki qildi.
Og`ir atletika bo`yicha JCh (U-20)
Qizlar, -55 kg:
1. Nina Sterkx (Belgiya) – 204 (93+111) kg
2. Svitlana Samulyak (Ukraina) – 192 (89+103) kg
3. Jamila Panfilova (O`zbekiston) – 186 (86+100) kg
Shu tariqa, terma jamoamiz mazkur musobaqani 2 ta bronza medali bilan boshladi.






