AsosiySport

FIDE - 2022: O`zbek shaxmatchilari jahon chempionatida 2 ta oltin, 2 ta kumush medalni qo`lga kiritishdi

'FIDE - 2022: O`zbek shaxmatchilari jahon chempionatida 2 ta oltin, 2 ta kumush medalni qo`lga kiritishdi'ning rasmi

Gresiyaning Rodos shahrida rapid va blis yo`nalishi bo`yicha FIDE - 2022 yoshlar o`rtasidagi jahon chempionati yakunlandi.

Sportni rivojlantirish vazirligi xabariga ko`ra, rapid yo`nalishida oltin medalni qo`lga kiritgan Omonova Umida blis yo`nalishida ham 9ta imkoniyatdan 8,5 ball to`plab birinchi o`rinni egalladi.

Shu tariqa, Gresiyada Omonova Umida 16 yoshgacha bo`lgan qizlar guruhida ikki yo`nalish, ya`ni rapid va blis bo`yicha chempion bo`ldi.

Blis yo`nalishi bo`yicha Begmuratov Humoyun 9ta imkoniyatdan 7 ball jamg`argan holda ikkinchi o`rinni egallab, o`zining “Open12” guruhining har ikki yo`nalish, ya`ni rapid va blis bahslarida kumush medal sohibiga aylandi.

Blis yo`nalishida yana bir o`zbekistonlik Rahmatullaev Almas “Open16” guruhida 4 o`rinni egalladi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Farg`onalik gimnastikachi xalqaro turnir g`olibi bo`lgani haqida ma`lumot bergan edik.

    Boshqa yangiliklar