Bolgariya prezidenti kortejining etakchi avtomobili Plovdiv yaqinida avtohalokatga uchradi.
Ma`lumotga ko`ra, hodisa 3 may, seshanba kuni Bolgariyaning Plovdiv shahri yaqinida sodir bo`lgan. Bu haqda davlat rahbarining brifingiga tayanib, OAV xabar bermoqda.
Ta`kidlanishicha, mashina qarshisida kelayotgan yuk avtomobiliga borib urilgan. Hodisa oqibatida prezident jamoasining ikki xodimi, jumladan, uning davolovchi shifokori jarohat olgan, ularning qo`li singani aytiladi. Har ikki jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, voqea ertalab soat 10lar atrofida sodir bo`lgan. Voqeaga magistral yo`lda yomg`ir yog`ib, yo`l toraygani sabab sifatida keltiriladi.






