1

Toshkentda 1 tonna 438 kilogramm giyohvandlik vositasi yo`q qilindi

Jamiyat 27.06.2016, 15:32
Teglar: Toshkent
Toshkentda 1 tonna 438 kilogramm giyohvandlik vositasi yo`q qilindi

Xalqaro giyohvandlikka va giyohvand vositalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni munosabati bilan bugun poytaxtimizda Milliy xavfsizlik xizmati mamlakat huquq-tartibot idoralari tomonidan musodara qilingan 1 tonna 438 kilogramm giyohvandlik vositasini  yo`q qilish tadbirini o`tkazildi.  

Narkotik moddalarni nazorat qilish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi doirasida o`tgan tadbirda tegishli idora va muassasalar, xalqaro tashkilotlar, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Unda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Ashita Mittal, EXHTning O`zbekistondagi  loyihalari koordinatori Jon MakGregor, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori Axmed Manmurov bu illatning insoniyat boshiga solayotgan mislsiz fojialari, bugunga kunda xalqao miqyosda va mamlakatimizda  giyohvandlikka kurash borasida olib borilayotgan ishlar xususida so`z yuritdilar.

Ta`kidlash joizki, mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridn boshlab, narkobiznesga qarshi kurash yo`lida keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. O`zbekiston 1995 yildayoq BMTning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi bir qator konvensiyalariga qo`shilgan. 1999 yilda O`zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari to`g`risidagi qonuni” qabul qilingan.

Mamlakatimizda amal qilayotgan tartibga muvofiq, sudda ashyoviy dalil  sifatida ko`rsatilgan giyohvandlik vositalari  hukm qonuniy kuchga kirgach, maxsus pechlarda yoqib yuboriladi.   O`zbekistonda 1994 yildan buyon 55 tonna 438 kilogramm giyohvand moddalar aynan shu tartibda  yo`q qilingan. 

Ma`lumotlarga ko`ra, birgina o`tgan yilning o`zida huquq-tartibot idoralari tomonidan giyohvand moddalar bilan bog`liq 6648 ta jinoyat fosh etilgan,  noqonuniy aylanishda bo`lgan ikki yarim tonnadan ortiq  kilogramm giyohvand modda musodara qilingan.  

Bu gal ham jamoatchilik vakillarining ko`z o`ngida qanchdaan-qancha  insonlarning yostig`ini quritishi, hayotini izdan chiqarishi mumkin bo`lgan  “zahri qotil”ning kuli ko`kka sovrildi.

Sharhlar

Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Toshkentda ijara narxlari pasaydi(mi?)

22.04.2024, 15:52

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari ma`lum qildi. 2024 yil mart oyida fevralga nisbatan poytaxtda o`rtacha ta`mirlangan xonadonlar ijara...
Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1