Toshkent shahar Bektemir IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida "Bektemir" YPX maskanida Mirobod tumanida yashovchi 32 yoshli shubhali shaxslar to`xtatib tekshirilganida, ularning qo`lidagi sumkasidan bir kilogrammdan ziyod “marixuana” giyohvandlik moddasi topilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.





