AsosiyJamiyat

9-13 may kunlari kuchli yomg`ir sabab sel kelishi mumkin bo`lgan hududlar e`lon qilindi (ro`yxat)

'9-13 may kunlari kuchli yomg`ir sabab sel kelishi mumkin bo`lgan hududlar e`lon qilindi (ro`yxat)'ning rasmi

Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma`lumotga ko`ra joriy yilning 9-13 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg`irlar yog`ishi sababli, respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog`, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqorg`on, Muzrobot tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G`allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;

Farg`ona viloyati: So`x, Farg`ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Xo`jaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

"Tog`li va tog`oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rishni so`raymiz", - deyiladi FVV xabarida.

 

    Boshqa yangiliklar