Qashqadaryo viloyatining deyarli 200 mingga yaqin o`rta maktab o`quvchilari “Mening kinoqahramonim” mavzusida o`tkazilayotgan insholar tanlovida ishtirok etmoqda

Madaniyat 07.05.2022, 20:35
Qashqadaryo viloyatining deyarli 200 mingga yaqin o`rta maktab o`quvchilari “Mening kinoqahramonim” mavzusida o`tkazilayotgan insholar tanlovida ishtirok etmoqda

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan bugun Qashqadaryo viloyatidagi 1200 ta maktabda “Mening kinoqahramonim” mavzusida insholar tanlovi o`tkazilmoqda.

1200 dan ortiq maktabning 200 mingga yaqin 8-10-sinf o`quvchilari klassik va zamonaviy milliy filmlar bilan tanishib, ijodiy insholar yozmoqda. O`quvchilarga namoyish etish uchun Abdulla Qodiriy asari asosida suratga olingan “O`tkan kunlar” (1969), O`zbekiston Prezidenti topshirig`i bilan rejissyor Furqat Usmonov tomonidan suratga olingan “Abdulla Oripov” (2020), Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan «Ilhak» (2021) va  rejissyor Ilhom Xaydarov toionidan suratga olingan “Matonat maktabi” (2022) filmlari tanlab olingan.

– O`zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov viloyatimizning Koson tumanida tug`ilganligidan fahrlanaman, ma`lumki uning 7 nafar aka-uka va opa-singillari bor edi, – deydi Qarshi tumanidagi 10-maktabning 9-sinf o`quvchisi Nurmatov Quvonch. - Menga film juda yoqdi. Abdulla Oripov dono, vazmin, bilimli inson. Uning tajribasi biz uchun katta saboq bo`ladi. Uning she`rlari maktab o`quv dasturiga kiritilgan bo`lib, adabiyot rivojiga katta hissa qo`shganini bilamiz. Uning haykali Toshkentdagi Yozuvchilar xiyoboniga o`rnatilgan, biz uni ko`rish uchun albatta boramiz.

– Zulfiya Zokirovaning hikoyasi meni juda ham ta`sirlantirdi. U hech bir ona chiday olmaydigan fojiaga bardosh berdi, - deydi 10-maktab o`quvchisi Rahmatullaeva Charos. - Filmni ko`rib hammamiz yig`ladik. Bu qo`rqinchli, lekin ayni paytda juda ta`sirli va muhim hikoya. Unda Vatanga sadoqat, xalqimizning buyuk jasorati haqida so`z boradi.

– Biz “Matonat maktabi” filmini tomosha qildik. Tokio Olimpiadasida g`olib bo`lgan paralimpiyachi sportchimiz Elbek Sultonovning matonati meni juda ham ruhlantirdi. Biz, yoshlar hayotda o`z o`rnimizni topishimiz uchun Prezidentimiz tomonidan juda ko`p ishlar amalga oshirilmoqda, biz ham shunga yarasha bilimlarimizni oshirishimiz, o`qib o`rganish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz lozim, – deydi 10-maktabning 9-A sinf o`quvchisi Avliyaqulov Ozod.

– Biz to`rtta film namoyishini tashkil etdik va ushbu tashabbus bolalarni qanchalik ilhomlantirayotganiga, ular obraz va personajlar bilan ishlayotganiga guvoh bo`lyapmiz. Ular insho ustida ishlashga puxta tayyorgarlik ko`rishmoqda va mas`uliyat bilan yondashmoqda, – deydi Qarshi tumanidagi 10-umumta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Xafiza Xudoyberdieva.

– Bugun maktablarda insholar ko`rik-tanlovi bo`lib o`tmoqda, keyinroq tuman bosqichi bo`lib o`tadi, 15 ta tumanning eng yaxshi o`quvchilari esa viloyat bosqichida g`oliblik uchun kurash olib boradi. Insholar tanlovi 17 mayga qadar davom etadi, – deydi Qarshi viloyati xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i Karimov To`lqin Tursunovich.

– Maqsadimiz bolalarning milliy kinoga bo`lgan mehrini uyg`otish, shuningdek, real hayotda uchrashi mumkin bo`lgan qahramonlarning turli xarakterlarini ko`rsatishdan iborat. O`tkazilayotgan aksiya yoshlarning ma`naviyatini shakllantirishga, yaxshilik va yomonlik, sadoqat va xiyonat nima ekanligini haqida hayotiy misollar yordamida ma`lumot berishga yordam beradi, natijada yoshlar hayotda to`g`ri yo`lni tanlashga o`rganadi, – deb fikr bildirdi Kinematografiya agentligi bosh direktori F. Abduxoliqov.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatida o`tkazilayotgan madaniy-ma`rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1