Moskvadan Buxoroga yo`l olgan Sukhoi SuperJet-100 (SSJ-100) yo`lovchi samolyoti qo`nish moslamasi sensori ishga tushirilgach, Vnukovoga qaytdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
Aeroflot samolyoti Moskva vaqti bilan 20:00 da Vnukovodan parvoz qildi. Ikki soat davomida u Moskva viloyati va Yangi Moskva osmonida yoqilg`ini yoqib turdi.
Samolyot qo`nish joyida kutib turgach, uchish-qo`nish yo`lagiga kirishga hozirlanayotgan edi, deb xabar beradi “TASS”. Birinchi qo`nish urinishi muvaffaqiyasiz yakunlandi. Laynerning Moskvadagi ikkinchi qo`nish urinishi muvaffaqiyatli bo`ldi. Samolyot yo`lovchilari zaxira bortda Buxoroga jo`natiladi.






