7 maydan 8 mayga o`tar kechasi AQShning Las-Vegasda professional boks bo`yicha o`tkazilgan musobaqada super engil vazndagi yurtdoshimiz Shahram G`iyosov (13-0, 9 KO) navbatdagi jang uchun ringga ko`tarildi.
Uning raqibi meksikalik Kristian Gomes (22-2-1, 20 KO)bo`ldi. 10 raundli jang to`liq davom etdi. Bokschimiz yakunda ochkolar evaziga (99-88, 99-88, 98-89) g`alabaga erishib, IBF Shimoliy Amerika kamarini qo`lga kiritdi.
Bu Shahram G`iyosovning professional ringdagi 13-g`alabasi.