Namanganda yashovchi 51 yoshli ayol niqob va o`yinchoq to`pponcha yordamida zargarlik buyumlari do`konini o`marishga harakat qildi, deb xabar beradi “Podrobno.uz” “RIA Novosti” nashriga asoslanib.
“Zamira Shahbozova boshiga qora rangli kolgotka kiyib olgan va o`yinchoq to`pponcha bilan zargarlik buyumlari do`koni sotuvchisini qo`rqitib, zargarlik buyumlarini qo`lidagi paketga solishni talab qilgan”,—deyiladi xabarda.
Ma`lumotlarga ko`ra, Shahbozova 2013 yilda ham “Talon-taroj qilish yoki o`zlashtirish orqali o`g`irlik sodir etish” moddasi bo`yicha jinoiy javobgarlikka tortilgan edi.





