Superliga 8-turi doirasidagi dastlabki ikki o`yin yakuniga etdi.
Toshkentda "Bunyodkor" klubi "Metallurg" bilan kuch sinashdi. Aytish kerakki, ikkinchi bo`limdan boshlab bekobodliklar maydonda bir kishi kam bo`lib qolishdi. Shunday bo`lsa-da, bellashuv 1:1 hisobida yakun topdi.
"Neftchi" esa Yaypanda "Olimpik" bilan bahslashdi. Bellashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
Superliga. 8-tur
«Bunyodkor» - «Metallurg» - 1:1
Gollar: Umarali Rahmonaliev 18 – Damir Temirov 67.
«Neftchi» - «Olimpik» - 0:0






