Filippindagi prezidentlik saylovlarida 64 yoshli kichik Ferdinand Markos «Bongbong» g`alaba qozondi. Bu haqda dw.com xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 1986 yilda hokimiyatdan chetlatilgan marhum sobiq diktator Ferdinand Markosning o`g`li saylov komissiyasining 10 may, seshanba kuni ertalab e`lon qilingan saylov byulletenlari 90 foizdan ortig`ini to`plagan.
Ferdinand Markos ovoz natijalariga ko`ra, 30 million ovoz oldi, orol davlat vise-prezidenti Leni Robredodan ikki baravar ko`p to`plagan. Markos bilan birgalikda vise-prezidentlik uchun kurashni mamlakatning amaldagi prezidenti Rodrigo Dutertening qizi Sara Duterte-Karpio olib bordi.






