AsosiySport

Jasur Yaxshiboev "Sherif" bilan xayrlashdi

'Jasur Yaxshiboev "Sherif" bilan xayrlashdi'ning rasmi

Yakunlangan mavsumni «Sherif» safida o`tkazgan Jasur Yaxshiboev Moldova klubi bilan xayrlashgan. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda.

Yozda Polshaning «Legiya» klubidan ijara asosida «Sherif» safiga qo`shilib, Chempionlar ligasida to`p surgan Yaxshiboev EChL 2-turi doirasida Madridda «Real»ga qarshi bahsda gol kiritib, jamoasining sensasion g`alabasiga (2:1) hissa qo`shgan edi. 

EChLda 3 o`yinda bitta gol urgan, Evropa ligasi pley-off uchrashuvida «Braga»ga qarshi ikkita bahsda maydonga tushgan Yaxshiboev Moldova chempionatida bor yo`g`i 6ta o`yin o`tkazib, bitta golga mualliflik qildi. Shunga qaramay, jamoasi bilan Moldova chempioniga aylandi.

Avvalroq, 24 yoshli futbolchi mavsum yakunlangach, faoliyatini Evropada davom ettirmoqchi ekani, unga Portugaliya klubidan taklif borligi haqida ma`lum qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar