Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk 10 may kuni 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Ukraine Novosti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Leonid Makarovich uzoq davom etgan kasallikdan so`ng, Kiev vaqti bilan soat 17:00 da vafot etdi.
Ukraina axborot agentligining xabar berishicha, 2021 yil 29 iyun kuni Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk yurak jarrohligi tufayli Konstitusiya kuni munosabati bilan Radaning tantanali yig`ilishini o`tkazib yuborgan.
Ma`lumot uchun, Kravchuk 1934 yil 10 yanvarda tug`ilgan. 1991 yil 5 dekabrdan 1994 yil 19 iyulgacha Ukraina prezidenti sifatida faoliyat yuritgan.
1994 yildan 2006 yilgacha - Ukraina Oliy Radasining xalq deputati sifatida ish olib borgan.






