Rossiya yangi avlod gipertovushli raketalarni yaratmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o`rinbosari Yuriy Borisov Interfaksga bergan intervyusida.
Qayd etilishicha, raketalar samolyotlar, kemalar, suv osti kemalari, erdagi qurilmalar uchun mo`ljallangan.
Yangi qurollarning birinchi namunalari allaqachon TTu-22M3M strategik bombardimonchi samolyotida sinovdan o`tkazilmoqda va tez orada jangovar navbatchilikka o`tadi.
“O`z xususiyatlariga ko`ra, ular etakchi davlatlarning mavjud va kelajakdagi rivojlanishidan o`zib ketadi”, — dedi Rossiya Federasiyasi hukumati raisining o`rinbosari.
U yana bir bor Rossiyada aniq boshqariladigan raketalar va o`q-dorilar, jumladan, gipertovushli raketalar etarli darajada ta`minlanganligini eslatdi.






