AsosiyDunyo

Ekvadordagi qamoqxonada yuz bergan tartibsizlik oqibatida 44 kishi halok bo`ldi

'Ekvadordagi qamoqxonada yuz bergan tartibsizlik oqibatida 44 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Ekvadorning Santo-Domingo de los Kolorados shahridagi qamoqxonada yuz bergan tartibsizlikda 44 kishi qurbon bo`ldi. Bu haqda euronews xabar bermoqda.

Qayd etilishicha,  220 dan ortiq mahbus qochishga muvaffaq bo`lgan, biroq polisiya ularning yarmini qo`lga olgan.

Rasmiylarga ko`ra, tartibsizliklar ikki yirik jinoiy guruh o`rtasidagi janjal natijasida yuzaga kelgan. Shu sababli, tartibsizliklar allaqachon bir necha bor boshlangan: bir yildan kamroq vaqt ichida 350 ga yaqin odam bir nechta qamoqxonalardagi mahbuslar o`rtasidagi qarama-qarshilik qurboni bo`ldi.

So`nggi paytlarda mamlakatni ko`cha jinoyati va giyohvand moddalar savdosi to`lqini qamrab oldi, bunga javoban rasmiylar qattiq choralar ko`rmoqda. Ekvadorning uchta provinsiyasida favqulodda holat e`lon qilindi. Bundan tashqari, 1500 ga yaqin qamoqxona nazoratchisi ishga olingan.

    Boshqa yangiliklar