AsosiyJinoyat

Toshkentning qator tumanlarida elektr va gaz ta`minotiga noqonuniy ulanganlar aniqlandi

'Toshkentning qator tumanlarida elektr va gaz ta`minotiga noqonuniy ulanganlar aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament holat yuzasidan ma`lumot bermoqda.

Qayd etilishicha, Departamentning Yunusobod tumani bo`limi hamda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali xodimlari tomonidan fuqaro M.B.ning “Hamkorobod” MFY hududida qurilgan issiqxonasida tergovga qadar tekshiruv o`tkazilgan. Unda fuqaroning  80 metrli rezina shlang orqali tabiiy gaz tarmog`iga ulanib olganligi aniqlangan. Qayd etilishicha, u buning natijasida 118,4 mln so`m zarar etkazilgan. Shundan so`ng, fuqaro M.B. “Yunusobod tumangaz” GTM bo`limi chilangari O.X. bilan o`zaro kelishib, go`yoki 15 kun oldin tekshirish o`tkazilganligi yuzasidan qalbaki dalolatnoma rasmiylashtirganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Dang`ara tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.” MChJ mansabdor shaxslari ekin erlarini sug`orish uchun hududdagi transformatorga 55 kVt. quvvatli suv nasosini o`zboshimchalik bilan ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, tuman elektr ta`minoti korxonasi manfaatlariga 102,9 mln so`m zarar etkazilganligi ma`lum bo`lgan.

"Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda,-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar