AsosiySport

Osiyo futbol konfederasiyasi rahbari Toshkentga keldi

'Osiyo futbol konfederasiyasi rahbari Toshkentga keldi'ning rasmi

Bugun, 11 may kuni O`zbekistonda futbolni rivojlantirish yo`lida olib borilayotgan ishlar, xususan, joriy yilning iyun oyida Toshkent va Qarshi shaharlarida o`tkaziladigan 23 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishish, shuningdek, mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishga oid masalalarni muhokama qilish maqsadida Osiyo futbol konfederasiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifa boshchiligidagi OFK delegasiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi. Bu haqda Sportni  rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida OFK prezidentiga tashkilot Bosh kotibi Datuk Seri Vindsor Jon, Bosh kotib o`rinbosari Vohid Kardani, shuningdek, bir nechta mas`ul vakillar hamrohlik qilishadi.

Mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O`zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, O`FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov va MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimovlar kutib olishdi.

    Boshqa yangiliklar