O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi 29 iyunga o`tar kechasi tunda Toshkentda zilzila qayd etilgani haqida xabar berdi.
“Toshkent” seysmostansiyasi ma`lumotlariga ko`ra, 29 iyun kuni tungi soat 02 dan 38 daqiqa o`tganda O`zbekiston poytaxtida zilzila qayd etilgan. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 450 km janubi-sharqda Tojikiston va Xitoy hududi yo`nalishida bo`lgan.
Zilzila magnitudasi - 5,4, Toshkentda zilzila kuchi 2 ballni tashkil qildi.





