AsosiyDunyo

Rossiyada migrantlar o`rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo`ldi

'Rossiyada migrantlar o`rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo`ldi'ning rasmi

10 may, seshanbaga o`tar kechasi Sankt-Peterburgning Sofiyskaya ko`chasidagi hududda ommaviy mushtlashuv sodir bo`ldi. Bu haqda mamlakat huquq-tartibot idoralariga tayanib 78.ru'  xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Sankt-Peterburglik fuqaro politsiyaga murojaat qilib, mushtlashuvda birdaniga bir nechta erkak ishtirok etganini aytadi. 

Ma`lum  bo`lishicha, ulardan biri kasalxonaga, yana etti nafari politsiya bo`limiga olib ketilgan. Bezorilar orasida Gruziya, Dog`iston, O`zbekiston, Kabardino-Balkariya Respublikasida, Novgorod viloyatida tug`ilgan fuqarolar, shuningdek, ikki nafar mahalliy aholi ham bor bo`lgan. Ularning deyarli hech biri ilgari qonun bilan bog`liq muammolarga duch kelmagan, faqat peterburgliklardan biri ilgari sudlangani ta`kidlanadi.

    Boshqa yangiliklar