AsosiySport

Eldor Shomurodov haqida film suratga olinadi

'Eldor Shomurodov haqida film suratga olinadi'ning rasmi

 O`zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Yoshlar ishlari agentligi Loyihalar boshqaruvi markazi (MPMG) tashabbusi bilan “Chegarasiz“ loyihasining navbatdagi maxsus soni futbolchi Eldor Shomurodov hayotiga bag`ishlanadi. Bu haqda "Zamon" nashri yozmoqda

Mazkur hujjatli filmni suratga olish jarayonlari shu yilning aprel oyida boshlab yuborilgan. Dastlabki sahnalar Surxondaryo viloyatining futbolchi tug`ilib o`sgan Jarqo`rg`on tumanida tasvirga olingan.

Filmning davomini suratga olish uchun tasvirga olish guruhi bugun 12 may kuni Italiyaning Rim shahriga jo`nab ketishdi.

Shuningdek, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatining Muborak shaharlarida ham futbolchi hayotiga daxldor sahnalar suratga olinadi.

    Boshqa yangiliklar