AsosiyDunyo
5824

Rossiyada siam egizaklari jarrohlik amaliyoti yordamida ajratildi

28 iyun, seshanba kuni Moskva shahrida siam egizaklarini ajratish bo`yicha jarrohlik amaliyoti o`tkazildi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda

Qorin qismi bir-biriga qo`shilib ketgan egizaklar Novosibirsk shahrida yashovchi oilada dunyoga kelgan. Tug`ruq Moskva shahridagi klinikalardan birida yuz bergan edi. Hozirda egizaklar Moskva shahridagi Filatova nomli shifoxonada davolanmoqda. 

Shifoxona bosh shifokori Antonina Chubarovaning so`zlariga ko`ra, jarrohlik amaliyoti o`ta murakkab kechgan. Unga 20 kishidan iborat 3 ta shifokorlar guruhi jalb etilgan. Hozirda siam egizaklari shifoxonaning jonlantirish bo`limida davolanmoqda, ularning ahvoli og`ir.

Bosh shifokor jarrohlik amaliyoti biroz muddatdan so`ng o`tikazilishi belgilangani, biroq bir yarim oylik bolalarning bir xil rivojlanishi uchun ularni hozir operasiya qilishga to`g`ri kelganini aytib o`tgan.

Bu siam egizaklarini ajratish bo`yicha shifoxonada o`tkazilgan uchinchi jarrohlik amaliyoti.

Boshqa yangiliklar