AsosiyJamiyat

O`zbekiston Bosh vaziri topshirig`iga ko`ra avtohalokatga uchragan o`zbekistonliklarga yordam ko`rsatish uchun ishchi guruh Qozog`istonga yuborildi

'O`zbekiston Bosh vaziri topshirig`iga ko`ra avtohalokatga uchragan o`zbekistonliklarga yordam ko`rsatish uchun ishchi guruh Qozog`istonga yuborildi'ning rasmi

FVV Qozog`iston Respublikasining Jambul oblasti Jualin rayonida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli topshirig`iga asosan, Qozog`iston Respublikasi Jambul oblasti Julain tumani hududida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida jabrlangan O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga zarur yordam ko`rsatish, ularni O`zbekistonga qaytarish hamda hodisaning kelib chiqish sabablarini o`rganish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vaziri o`rinbosari rahbarligida Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sog`liqni saqlash va Transport vazirliklari mas`ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, Qozog`iston Respublikasiga yuborildi.

Hamkorlikda amalga oshirilayotgan zarur ishlar yuzasidan qo`shimcha ma`lumotlar berib boriladi.

Eslatib o`tamiz, Nukus – Olmaota yo`nalishi bo`ylab harakatlanayotgan avtobusda 53 nafar yo`lovchi, shu jumladan 47 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lgan. Voqea oqibatida 2 nafar O`zbekiston fuqarosi halok bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar