1

Samarqandda o`g`il otasini pichoqlab qo`ydi

Jinoyat 15.05.2022, 17:44
Samarqandda o`g`il otasini pichoqlab qo`ydi

Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanida o`z otasini o`ldirgan yigit ushlandi. Bu haqda Zamon.uz' nashri xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, gumonlanuvchi fuqaro ruhiy sog`lom bo`lmagan, vaqti-vaqti bilan davolanib yurgan. Otasi esa unga ruhiy kasalligi sabab shifoxonada davolanishi kerakligini aytgan va shifokor olib kelgan. Shu sabab o`rtada tortishuv yuzaga kelgan.

O`g`il “meni jinnixonaga yotqizmoqchisiz” deb, oshxona pichog`i bilan otasiga tashlangan va unga 15 marta pichoq tiqib, o`ldirgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgani aytiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1